Chiang Kai-shek

Chan Kayshi (Szyan Szeshi) (1887.31.10, Finxua, Chjetszyan viloyati — 1975-yil, 4-may, Taypey) — Xitoydagi Gomindan maʼmuriyatining rahbari (1927-yildan). Baodin va Tokiodagi harbiy akademiyalarni tugatgan. 1927-yil 12-aprelda harbiy toʻntarish qilib mamlakatda diktatorlik tuzumini oʻrnatgan. 1931-yildan Gomindan (millatchi) partiyasi rahbari, Ikkinchi jahon urushida Yaponiya taslim boʻlgach, Xitoy kommunistik partiyasining koalitsion hukumat tuzish haqidagi taklifini rad etib, mamlakatda fuqarolar urushini boshlab yuborgan (1946, iyun). 1949-yil oxirida Tayvanga qochgan va u yerda gomindanchilar hukumatini tuzgan.
| Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |